Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tashabbusi bilan bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi
2026-06-02 09:00:00 / Yangiliklar

Yurtimizda “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida bugun 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institut boshligʻining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Z.M.Aliyeva boshchiligida institut jamoasi vakillari hamda “Ichki ishlar organlari xodimlarini sud avtotexnika ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha” qayta tayyorlash oʻquv kursi tinglovchilari shahrimizning Bektemir tumanidagi 574-sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini bayram bilan tabriklashdi.
Rang-barang oʻyinchoqlar, gullar va shodlikka toʻlgan musiqa tahsinlar bilan bugungi tadbirni yanada fayzli qilib koʻrsatdi. Har bir bolajon, oʻzining eng sof xursandligini his qilib, oʻyinlar orasida chaqnagan yaxshiliklar bilan toʻldirildi. Bu bayramona tadbir bolajonlarga unutilmas taassurotlar bagʻishladi.
Mazkur tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsadi bolalarni maʼnaviy-ruhiy qoʻllab-quvvatlash, ularga mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, Yangi Oʻzbekistonda barcha yosh avlodni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan ezgu gʻoyalarni keng targʻib etishdan iboratdir.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti









