Namangan viloyati IIBda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ichki ishlar organlaridagi mavjud boʻsh lavozimlarga nomzodlarni jalb etish boʻyicha oʻquv seminari oʻtkazildi
2026-05-31 13:55:00 / Yangiliklar

Mazkur seminar Namangan viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari ishtirokida oʻtkazilib, unda Boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati shaxsiy tarkibi, sohaviy xizmat va shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek, sohaviy xizmatlarning masʼul xodimlari qatnashdi.
Seminar davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlarni qonuniy va oʻz vaqtida koʻrib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ichki ishlar organlaridagi mavjud boʻsh lavozimlarni malakali kadrlar bilan toʻldirish, nomzodlarni saralash va ularni xizmatga jalb etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar koʻrib chiqilib, bu boradagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, shaxsiy tarkibning jismoniy va jangovar tayyorgarligi holati ham atroflicha koʻrib chiqildi. Xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, xizmat vazifalarini samarali bajarishlari uchun zarur boʻlgan jismoniy va maxsus tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlash boʻyicha vazifalar belgilandi.
Seminar yakunida rahbarlar tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etish hamda xizmat faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



