Samarqand viloyati IIB xodimlari sportning “Muay tay” turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi
2026-05-30 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 17–23-may kunlari Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida Samarqand viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari oʻz mahorati va matonatini namoyon etdilar.
Xususan, katta serjant Jasur Istamov 75 kg vazn toifasida hamda katta serjant Shaxriyor Naimov 81 kg vazn toifasida faxrli 1-oʻrinni egallab, chempionlikni qoʻlga kiritdilar.
Ushbu yuksak natija xodimlarimizning jismoniy tayyorgarligi, irodasi va xizmat bilan bir qatorda sportga boʻlgan yuksak eʼtiborining yorqin ifodasidir.
Gʻolib sportchilarimizni ushbu munosib gʻalaba bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati



