Navoiy viloyatidagi bolalar oromgohlarining yozgi mavsumga tayyorgarligi oʻrganildi
2026-05-30 09:00:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshligʻi tomonidan viloyat hududida faoliyat yuritayotgan bolalar oromgohlarida oʻrganish ishlari olib borildi.
Jumladan, Karmana tumanidagi “Ishonch”, Navbahor tumanidagi “Shabboda” va “Sarmish” bolalar oromgohlarining yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik darajasi atroflicha koʻzdan kechirildi.
Oʻrganishlar davomida oromgohlarda dam oluvchi bolalarning xavfsizligini taʼminlash, yongʻin va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, qoʻriqlash tizimi, videokuzatuv vositalari, tibbiy xizmat hamda boshqa zarur shart-sharoitlarning yaratilganligi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.
Masʼullar tomonidan mavjud holat tahlil qilinib, bolalarning mazmunli va xavfsiz dam olishini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda oromgohlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati





