Qashqadaryo viloyatida “Funksional koʻp kurash” boʻyicha viloyat birinchiligi oʻtkazildi
2026-05-30 09:00:00 / Yangiliklar

Sport insonni jismonan baquvvat, maʼnan tetik va irodali qiladi. Ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik va tezkorlik xizmat faoliyatining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi.
Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashi tashabbusi bilan sportning “Funksional koʻp kurash” turi boʻyicha viloyat birinchiligi musobaqasining tashkil etilgani ayni maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Aytish lozimki, mazkur sport tadbirlari taqvim reja asosida muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Bu galgi musobaqada ham viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxsiy tarkibidan tashkil topgan jamoalar oʻzaro kuch sinashdilar.
Musobaqa davomida ishtirokchilar turli jismoniy mashqlar va maxsus sinov shartlari boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar qizgʻin va murosasiz ruhda kechib, barcha qatnashchilarning yuqori tayyorgarligi hamda jamoaviy hamjihatligi yaqqol namoyon boʻldi.
Tashkilotchilar tomonidan musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish, ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish choralari koʻrildi.
Yakunda gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.
Erkaklar oʻrtasida “Eng yaxshi safdor” yoʻnalishida:
3-oʻrin — Qamashi tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi xodimi safdor Xusanov Bobur Shodiyor oʻgʻli;
2-oʻrin — Dehqonobod tumani IIB taʼminlash va xizmat koʻrsatish boʻlinmalari haydovchisi safdor Shuxratov Abbos;
1-oʻrin — Boshqarma JXX JTSB PPHXB patrul-post xizmati otryadi ikkinchi guruh patrul-post xizmati inspektori safdor Xamrayev Sanjarbek Begimqul oʻgʻli.
Erkaklar oʻrtasida “Eng yaxshi serjant” yoʻnalishida:
3-oʻrin — Koʻkdala tumani vakili Narzullayev Asliddin Nusratilla oʻgʻli;
2-oʻrin — Kitob tumani vakili Mahmudov Sirojiddin Muhammadsaid oʻgʻli;
1-oʻrin — Dehqonobod tumani IIB JXX HPB VY va XBIGR inspektor-psixologi katta serjant Umidullayev Farrux Xayrullo oʻgʻli.
Erkaklar oʻrtasida “Eng yaxshi kichik ofitserlar” yoʻnalishida:
3-oʻrin — Qarshi tumani IIB xodimi Boytoʻrayev Hasan Oʻtkir oʻgʻli;
2-oʻrin — Dehqonobod tumani IIB JXX HPB VY va XBIGR katta inspektor-psixologi katta leytenant Ermatov Ravshan Qulmamatovich;
1-oʻrin — Mirishkor tumani IIB JXX HPB VY va XBIGR inspektor-psixologi leytenant Roʻzimurodov Azizbek Dilshod oʻgʻli.
Erkaklar oʻrtasida “Eng yaxshi katta ofitserlar” yoʻnalishida:
3-oʻrin — Qarshi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori mayor Ergashev Husan Oktamovich;
2-oʻrin — Nishon tumani IIB vakili Rahmatov Jasur;
1-oʻrin — Kasbi tumani IIB TB boshligʻi mayor Amrillayev Bobir Qahramon oʻgʻli.
Tadbirning asosiy maqsadi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish, xizmat faoliyatida zarur boʻlgan chidamlilik va tezkorlik koʻnikmalarini mustahkamlash, shuningdek, funksional koʻp kurash sport turini ommalashtirishdan iborat.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati









