IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati tomonidan poytaxtdan boshqa hududlarda qatnovchi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadigan avtoturargohlar faoliyati oʻrganildi
2026-05-29 14:15:00 / Yangiliklar

Oʻrganishlar davomida, avtoturargoh holati, xavfsizlik talablariga javob berishi hamda yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, haydovchilar bilan suhbatlashilib, ularga toʻxtash va toʻxtab turish qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda faqat belgilangan joylarda yoʻlovchilarni qabul qilish, harakat davomida tezlikni oshirmaslik, odam tashish meʼyorlariga rioya etish borasida tushuntirishlar berildi.
Muammoli chorraha va yoʻl obyektlarida xavfsiz harakatni tashkil etish, tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatish hamda mazkur hududda axborot texnologiyalarining oʻrnini oshirish yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berilib, belgilangan muddatlarda ijrosini taʼminlash Xizmat boshligʻining nazoratiga olindi.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati



