Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Fargʻona viloyatidagi bolalar oromgohlarining yozgi mavsumga tayyorgarligi oʻrganildi
2026-05-28 12:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Rustam Mirzayev Fargʻona viloyatiga xizmat safari davomida hududiy hokimlik, sogʻliqni saqlash hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati masʼullari bilan birgalikda viloyatdagi bolalar oromgohlarida boʻlib, ularning yozgi mavsumga tayyorgarlik holatini oʻrgandi.
Xizmat safari davomida oromgohlarda dam oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya talablariga rioya qilinishi, yongʻin va jamoat xavfsizligi masalalari atroflicha koʻzdan kechirildi.
Oʻrganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni mavsum boshlangunga qadar bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.





