Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan Namangan va Andijon viloyatlarida “Qurbon hayiti” namozlari vaqtida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan profilaktik chora-tadbirlar oʻrganildi
2026-05-26 23:25:00 / Yangiliklar

General-mayor Rustam Djurayev Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Muxammad Panox”, Namangan tumani “Xalil Xoji”, Davlatobod tumanidagi “Yusufxon oʻgʻli Qosimxon” hamda Andijon viloyati Andijon shahridagi “Devonaboy”, “Eski gumbaz”, “Shahidtepa” “Zubayr ibn Avvom” hamda “Pistamozor” masjidlari faoliyati, Qurbon Xayit namozlariga tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart sharoitlar oʻrganildi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda holatlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.






