IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti hamda Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi masʼul rahbarlari ishtirokida qoʻshma yigʻilish tashkil etildi
2026-05-26 11:55:00 / Yangiliklar

Mazkur yigʻilish videoselektor tarzida oʻtkazilib, unda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda xizmat faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida ushbu ikki tuzilma faoliyati yagona maqsad — mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlash, jazoni ijro etish muassasalarida tartib-intizomni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qilishini alohida taʼkidlandi. Shuningdek, soʻnggi yillarda tizimda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, zamonaviy yondashuvlar va yaratilayotgan shart-sharoitlar xodimlar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida qayd etildi.
Shu bilan birga, jazoni ijro etish muassasalarida xizmat samaradorligini oshirish, mahkumlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda shaxsiy tarkibning jangovar va maʼnaviy tayyorgarligini yanada oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi. Masʼullar tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish, oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash va xizmat faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Tashkiliy va koʻtarinki ruhda oʻtgan yigʻilish yakunida Oltinchi mintaqaviy hudud 1-son jazoni ijro etish koloniyasida jangovar shaylikni yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazilgan maxsus oʻquv mashgʻulotlari videokonferensaloqa orqali namoyish etildi. Mashgʻulotlarda shaxsiy tarkibning favqulodda vaziyatlardagi harakatlari, tezkorlik, hamjihatlik va kasbiy tayyorgarligi amaliy tarzda koʻrsatib berildi. Mazkur tadbir tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning masʼuliyati, fidoyiligi hamda xizmatga boʻlgan sadoqatini yana bir bor namoyon etdi.






