Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan yurtimizdagi umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarida ishtirok etilib, maktab bitiruvchilari tabriklandi
2026-05-25 18:00:00 / Yangiliklar

Tadbirlar davomida bitiruvchilar, ustozlar va ota-onalarga samimiy tilaklar bildirildi.
Mazkur bayram tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, polkovnik Baxtiyar Torebekov soʻzga chiqib, yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat va qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.
Shuningdek, bitiruvchilarning kelgusi hayot yoʻlida muvaffaqiyat qozonishi va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirildi.
Tadbir doirasida faol va namunali oʻquvchilar taqdirlanib, bitiruvchilar uchun madaniy chiqishlar tashkil etildi, ustozlarga minnatdorlik soʻzlari izhor qilinib, yoshlarga xavfsizlikni taʼminlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tavsiyalar berildi.
“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri koʻtarinki kayfiyat va bayramona muhitda oʻtdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati









