Toshkent davlat yuridik universitetida oʻtkazilgan “Karyera kuni” tadbirida talabalar IIV tizimidagi xizmat va karyera imkoniyatlari bilan tanishtirildi
2026-05-25 09:00:00 / Yangiliklar

Toshkent davlat yuridik universitetida Ichki ishlar vazirligi hamkorligida oʻtkazilgan “Karyera kuni” tadbirida talabalar ichki ishlar organlaridagi xizmat imkoniyatlari, vakant lavozimlar, stajirovka dasturlari hamda ishga qabul qilish tartibi bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir davomida vazirlik masʼul xodimlari tomonidan xizmat faoliyatining oʻziga xos jihatlari, nomzodlarga qoʻyiladigan zamonaviy talablar, yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari va karyera oʻsishi imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi. “Kelajak huquqshunosi” mavzusidagi amaliy trening esa yoshlarning huquqiy tafakkuri, professional masʼuliyati hamda amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.



