Andijon viloyatida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha onlayn yoʻriqnoma oʻtkazildi
2026-05-24 19:15:00 / Yangiliklar

Andijon viloyatida umumtaʼlim maktablarida oʻtkaziladigan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini xavfsiz, tartibli hamda koʻngilsiz holatlarsiz tashkil etish maqsadida Andijon viloyati IIB va hamkor tashkilotlar ishtirokida Andijon viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida onlayn yoʻriqnoma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida tadbirlarga biriktirilgan masʼul xodimlarga “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini yuqori saviyada, tinch va xavfsiz muhitda oʻtkazish, jamoat tartibini taʼminlash, yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilish hamda favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tadbirlar davomida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, yoshlar oʻrtasida turli noxush holatlarning oldini olish va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.



