Andijon viloyati IIBda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” va “Qurbon hayiti“ tadbirlarida xavfsizlik choralari kuchaytirish yuzasidan masʼullar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi
2026-05-24 19:10:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIBda boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari hamda barcha darajadagi sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirokida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” va Qurbon hayiti bayram tadbirlarini tinch va xavfsiz oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, bayram tadbirlari oʻtkaziladigan hududlarda kuchaytirilgan nazoratni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan berilgan topshiriqlarni soʻzsiz ijro etish yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq koʻrsatmalar berildi.
Tadbirlarni yuqori saviyada, osoyishta va xavfsiz muhitda oʻtkazish boʻyicha barcha kuch va vositalar safarbar etilishi taʼkidlandi.



