Fidoyi xodimlar munosib taqdirlandi
2026-05-24 09:20:00 / Yangiliklar

Xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib, respublika hududida kuzatilgan yomgʻirli ob-havo va sel xavfi sharoitida yuksak kasb mahorati hamda fidoyilik namunalarini koʻrsatgan ichki ishlar organlari xodimlari munosib ragʻbatlantirildi.
Murakkab vaziyatlarda aholi xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va xizmat vazifalarini namunali bajarish orqali ichki ishlar organlarining ijobiy imijini oshirishga munosib hissa qoʻshgan bir guruh xodimlar Ichki ishlar vazirligining idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, IIVning “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan:
— katta serjant Rustamov Doniyorbek Ulugʻbek oʻgʻli (Toshkent viloyati IIBB);
— katta serjant Mustafoyev Sunnatillo Zoirovich (Navoiy viloyati IIB);
— katta serjant Namozov Feruz Xamzayevich (Navoiy viloyati IIB) taqdirlandi.
Shuningdek, xizmat vazifalarini namunali ado etgani uchun katta serjant Aslonov Bunyod Komiljon oʻgʻli (Navoiy viloyati IIB) IIVning “Esdalik qoʻl soati” bilan ragʻbatlantirildi.
Fidoyi va masʼuliyatli xodimlarning bunday saʼy-harakatlari fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda xalq ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.






