Namangan shahrida boʻlib oʻtadigan 65-Xalqaro gullar festivali oʻtkaziladigan hududlardagi xavfsizlik chora-tadbirlari oʻrganildi
2026-05-23 20:30:00 / Yangiliklar

Namangan viloyatida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan Xalqaro gullar festivalini yuqori saviyada, koʻtarinki ruhda hamda xavfsiz sharoitlarda tashkil etish maqsadida ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan hamkorlikda kuchaytirilgan tartibda tunu kun xizmat olib borilmoqda.
Bugun Namangan viloyati IIB, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarlari tomonidan festival oʻtkaziladigan “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hamda unga tutash koʻchalarda koʻrilgan xavfsizlik chora-tadbirlari, yongʻin xavfsizligi talablari, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar va mehmonlarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha oʻrganildi.
Shuningdek, festival davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli noxush holatlarning oldini olish, yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash, savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida tartib-intizomni kuchaytirish yuzasidan masʼul rahbar va xodimlarga tegishli topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






