Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng koʻlamli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi
2026-05-22 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar organlari, sohaviy xizmatlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlarda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, muammoli oilalar va nazoratdagi shaxslar bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbirlarga jami viloyat IIB sohaviy xizmat xodimlari va jamoatchilik vakillari jalb qilindi. “E-Ijtimoiy profilaktika” tizimi manzilli ishlar amalga oshirilib, mahallalar kesimida xonadonbay va fuqarobay oʻrganish ishlari olib borildi. Aholi vakillarini qiynayotgan murojaatlar boʻyicha yakka tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, migratsiya yoʻnalishida chet eldan qaytgan fuqarolar roʻyxatga olinib, ular bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, belgilangan jazo muddatini oʻz vaqtida bajarishi boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida bozorlar, aholi gavjum manzillar, savdo shoxobchalari va avtoturargohlarda kameralashtirish ishlari amalga oshirildi.
Kiberxavfsizlik yoʻnalishi boʻyicha mahalla profilaktika inspektorlari, qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan uyma-uy yurilib aholining bu boradagi kiberimmunitetini shakllantirish ishlari oʻtkazildi. Targʻibot uchun flayerlar tarqatildi.
Ahamiyatli jihati, tumanda xotin-qizlar bilan ishlash yoʻnalishida yil boshidan oilaviy masalalarda koʻplab murojaatlar kelib tushgan boʻlib, aksariyati takroriy ekani aniqlanib,ularga ham huquqiy tushuntirish ishlari olib borilib, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan nafar xotin-qizga himoya orderi berildi.
Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida maktablarda
“Davomat” , “Tigʻ” profilaktik tadbirlari oʻtkazildi. Maktab maʼmuriyati, ota-onalar va oʻquvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Oʻtkazilgan bu kabi manzilli profilaktik tadbirlar jinoyatchilikni jilovlash, aholi murojaatlarini tezkor hal etish va mahallalarda tinchlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati








