Qashqadaryo viloyatida “Cyberweek” kibertargʻibot haftaligi doirasida matbuot tadbiri oʻtkazildi
2026-05-22 09:00:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda kiberjinoyatlar nafaqat dunyoda, balki mamlakatimizda ham eng dolzarb tahdidlardan biriga aylanmoqda.
Tahlillarga koʻra, keyingi 6-yil davomida yurtimizda kiberjinoyatlar boʻyicha murojaatlar soni qariyb 48 baravarga oshgan.
Oʻtgan yilda qayd etilgan firibgarlik jinoyatlarining asosiy qismi aynan internet va raqamli platformalar orqali sodir etilgan.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyatida “Cyberweek” kibertargʻibot haftaligi doirasida matbuot tadbiri oʻtkazildi.
Qarshi shahrida tashkil etilgan anjumanda Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Yagona umumrespublika protsessing markazi” aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati









