Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish davrida jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari muhokama etildi
2026-05-21 17:10:00 / Yangiliklar

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan general-mayor Rustam Djurayev tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv yili yakunlanishi munosabati bilan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayramiga hamda “Qurbon Hayiti” umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish davrida xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash borasida tegishli xizmatlar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar aniq belgilab berildi.
Bunda, har bir maktab, istirohat bogʻi, masjid, qabriston, ziyoratgoh va bayram tadbirlari oʻtkaziladigan boshqa obyektlari hududlarda xavfsizlikni taʼminlash uchun jalb etiladigan kuch-vositalar belgilab olindi. Shuningdek, yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik Sarvar Mamayusupov hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining 1-oʻrinbosari polkovnik Sanjar Zuparovlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborotlari tinglandi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati



