Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahridagi ADNEC xalqaro koʻrgazmalar markazida oʻtkazilayotgan xavfsizlik va barqarorlikka bagʻishlangan xalqaro sammitda ishtirok etmoqda
2026-05-21 08:35:00 / Yangiliklar

Sammit doirasida delegatsiya aʼzolari global xavfsizlik, kelajak xavfsizlik tizimlari va istiqbolli tahlil masalalariga bagʻishlangan strategik muhokamalarda qatnashmoqda. Shuningdek, kriminogen vaziyatlarga tezkor javob qaytarish, CBRN tahdidlariga qarshi harakatlar va xavfsizlik sohasida innovatsion yondashuvlarga bagʻishlangan amaliy sessiyalarda ishtirok etish rejalashtirilgan.
Tadbir davomida sunʼiy intellekt, raqamli tahlil, texnologik jinoyatlarga qarshi kurashish hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha ilgʻor tajribalar oʻrganildi. Shu bilan birga, xalqaro ekspertlar va texnologik kompaniyalar bilan zamonaviy xavfsizlik infratuzilmalarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur xalqaro tadbirdagi ishtiroki sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilgʻor tajribalarni milliy amaliyotga joriy etish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.







