Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida shartnoma asosida harbiy xizmatga qabul qilingan bir guruh nomzodlarning “Halollik qasamyodi”ni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi
2026-05-20 18:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda qoʻshin qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Davron Ashurov ishtirok etib, yangi qabul qilingan harbiy xizmatchilarni muborakbod etdi. U oʻz soʻzida Vatanga sadoqat, xizmat burchiga qatʼiylik va kasbga fidoyilik har bir harbiyning eng oliy vazifasi ekanini taʼkidladi.
Harbiy-kasbiy sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar tantanali ravishda “Halollik qasamyodi”ni qabul qildilar. Tadbir yakunida nomzodlar Qorovul qoʻshinlari tarixiy muzeyiga tashrif buyurib, bu yerda muzey ekspozitsiyalari orqali qoʻshinlarning shakllanish bosqichlari, xizmat faoliyati hamda fidokorona mehnat qilgan harbiy xizmatchilar haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar.








