Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Buxoro viloyatida oʻrganish ishlari davom etmoqda
2026-05-20 11:30:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari B.Qudratxoʻjayev va bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Prezidentning joriy yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan Buxoro viloyatida oʻrganishlar davom etmoqda.
Ishchi guruh tomonidan Kogon tuman prokuraturasi va IIB huzuridagi TB tergovchilari ish yurituvidagi jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov harakatlarini olib borilishi, hududda sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli muhokama qilinib, sohada yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, amaliyotdagi mavjud muammoli masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tergov sifatini yanada yaxshilash, dalillarni oʻz vaqtida olinishi, rasmiylashtirilishida jinoyat protsessual qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning dastlabki tergov davrida undirilishiga qaratilgan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish, sohani raqamlashtirishga alohida eʼtibor qaratish, tergovchilarning ish samaradorligini oshirish maqsadida ularning bilim va koʻnikmalarini oshirib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabining Buxoro viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda.



