Buxoro viloyatida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2026-05-19 20:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari B.Qudratxoʻjayev hamda bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–1-son hamda “2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–2-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyatida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kengaytirilgan tarzda tashkil etilgan tadbirda Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi va ishchi guruhi aʼzolari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Adliya, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda ularning hududiy boshqarmalari masʼul rahbarlari, huquq-tartibot idoralari taʼlim va ilmiy tashkilotlari rahbarlari, Bosh prokuraturaning tegishli boshqarmalari masʼul xodimlari, Buxoro viloyati idoralararo muvofiqlashtirish shtabi va ishchi guruhi aʼzolari, shuningdek boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yigʻilish davomida viloyat mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etish, shuningdek jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ayni paytda Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabining Buxoro viloyatidagi oʻrganish ishlari davom etmoqda.









