Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov Serbiya Respublikasining mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vaziri Militsa Stamenkovski xonim bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazdi
2026-05-19 18:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichlarning 18-may kuni Boku shahrida oʻtkazilgan ikki tomonlama uchrashuvida erishilgan kelishuvlar tafsilotlariga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Samimiy va konstruktiv ruhda oʻtgan muloqot davomida ikki davlat oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, fuqarolar uchun qonuniy va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, migratsiya sohasida hukumatlararo bitimni imzolash, viza tartib-taomillarini soddalashtirish hamda fuqarolarning qonuniy harakatlanishi uchun qulay mexanizmlarni joriy etish yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.
Tomonlar mazkur sohada oʻzaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada faollashtirish muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.



