Fargʻona viloyati PPX xizmati avtoparki yangi xizmat avtomobillari bilan toʻldirildi
2026-05-19 10:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi general-mayor Rustam Djurayevning Fargʻona viloyatiga qilgan xizmat safari doirasida patrul-post xizmati xodimlariga yangi xizmat avtomobillarining kalitlarini tantanali ravishda topshirdi.
Fargʻona viloyati IIB PPX bataloni va uning hududiy boʻlinmalari uchun:
- 10 ta zamonaviy “Cobalt” xizmat avtomobili
- 3 ta maxsus “KRANTAS” avtomobili ajratildi.
Mazkur yangi texnikalar xizmat xodimlarining kundalik faoliyatida qulaylik yaratish, jamoat xavfsizligini taʼminlashda tezkorlik va harakatchanlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur yangilanish:
- kriminogen vaziyatga tezkor munosabat bildirish,
- patrullik yoʻnalishlarini kengaytirish,
- aholi osoyishtaligini yanada samarali taʼminlash imkonini beradi.
PPX xodimlari uchun yaratilayotgan bu kabi shart-sharoitlar ularning xizmat samaradorligini oshirish, aholi osoyishtaligini taʼminlash borasidagi masʼuliyatli vazifalarini yanada yuqori saviyada bajarishiga mustahkam zamin yaratmoqda.
IIV JXD Axborot xizmati





