Namangan viloyati IIBda ommaviy tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi
2026-05-19 10:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati hududida joriy yilning may oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan 65-Xalqaro gullar festivali, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari hamda “Qurbon hayiti” bayramini munosib tarzda tashkil etish, ommaviy tadbirlar davomida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda kunu tun xizmat olib boriladi.
Shu munosabat bilan bugun boshqarma boshligʻi huzurida mazkur tadbirlarni tinch va osoyishta oʻtkazish yuzasidan masʼul rahbarlarning taqdimotlari oʻtkazildi.
Unda jamoat va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, fuqarolar osoyishtaligini saqlash hamda shahrimiz mehmonlari uchun zarur qulayliklar yaratish borasida sohaviy xizmatlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Taqdimot davomida ommaviy tadbirlarni xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etish, jumladan, 50 kun davom etadigan 65-Xalqaro gullar festivali jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda namunali xizmatni yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



