Qashqadaryo viloyatida bolalarning mazmunli va xavfsiz yozgi taʼtili uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi
2026-05-18 10:20:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi Abduvohid Ismoilov tomonidan Shahrisabz tumanida joylashgan “Guliston” oromgohida bolajonlarning yozgi taʼtilni mazmunli va xavfsiz oʻtkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi.
Tashrif davomida oromgohning yotoqxonalari, oshxonasi, tibbiyot xonasi, sport va madaniy tadbirlar maydonlari koʻzdan kechirildi. Shuningdek, bolalarning xavfsizligini taʼminlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport toʻgaraklarini samarali yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mutasaddilarga oromgohda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etish, yongʻin va xavfsizlik choralarini kuchaytirish, bolajonlar uchun barcha qulayliklarni yaratish boʻyicha tegishli topshiriqlarni berib oʻtishdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati




