Namangan shahar hokimligida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi
2026-05-17 17:55:00 / Yangiliklar

Namangan shahri hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor va Mirzo Ulugʻbek tumanlari tajribasi asosida amaliy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat faoliyati tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun boshqarma boshligʻi huzurida shahar hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, sohaga daxldor tashkilot va idoralar vakillari, shuningdek, shahar IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Unda joriy yilning oʻtgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
Muhokama davomida Namangan shahar IIB boshligʻi, polkovnik Ilxomjon Sotvoldiyevga shahar hududida PQ-1 va PQ-2-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, joriy oyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan 65-xalqaro Gullar festivalining ochilish marosimi hamda boshqa ommaviy tadbirlarda jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



