Toshkent viloyatida “Xavfsiz hudud — dolzarb 40 kunlik” tadbirlari kuchaytirilgan tartibda oʻtkazilmoqda
2026-05-15 16:00:00 / Yangiliklar

“Xavfsiz hudud — dolzarb 40 kunlik” keng koʻlamli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent viloyati boʻylab jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan keng masshtabdagi kuchaytirilgan nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Xususan Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan xizmat oldi yoʻriqnomasida, viloyat IIBB boshligʻining 1-mintaqaviy hudud boʻyicha vakili — Markaz boshligʻi podpolkovnik Shahnoza Sodiqova ishtirok etib, tungi xizmatga kirishgan xodimlarga faoliyatda ahamiyat qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar, masʼuliyat va hushyorlik borasida koʻrsatmalar yetkazildi.
Xodimlar saf yurishi bilan joylarga tarqatilib, aholi tinchligini taʼminlash uchun xizmatga kirishdilar. Tungi nazorat tadbirlari davomida fuqarolarimizni xizmatdagi ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talablarini bajarishga chaqiramiz.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati


