Oʻzbekiston va Germaniya fuqarolarini oʻzaro harakatlanish masalalari muhokama qilindi
2026-05-15 15:50:00 / Yangiliklar

Joriy yil 13-маy kuni Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig'ining oʻrinbosari Behzod Sayfullayev Germaniya Federativ Respublikasi Ichki ishlar va Vatan vazirligi Xalqaro migratsiya masalalari boʻyicha hamkorlik byurosi rahbari Yurgen Yung bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli sheriklik toʻgʻrisida Bitim ijrosi hamda ushbu mamlakat bilan migratsiya sohasida hamkorlik aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, Oʻzbekistonda yashovchi Germaniya fuqarolari hamda Germaniyada istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining huquqlarini samarali himoya qilish, shuningdek, ularni huquqbuzarliklardan barvaqt ogohlantirish maqsadida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Kelgusida mamlakatlar oʻrtasida turizm sohasini rivojlantirish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻyicha masʼul idoralar hamkorligini rivojlantirishga kelishib olindi.


