Navoiy viloyatida ichki ishlar hamda prokuratura organlari tizimida faoliyat yuritayotgan tergov xodimlari ishtirokida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi
2026-05-15 11:30:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari, Oliy sud va viloyat sudyalari, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi professor-oʻqituvchilari, viloyat IIB hamda uning quyi tuzilmalari tergovchi va surishtiruvchilari, viloyat prokuraturasi masʼul rahbarlari, tuman va shahar prokurorlarining sohaviy oʻrinbosarlari hamda tergovchilari ishtirokida tashkil etilgan mazkur seminarda tergov jarayonlarini takomillashtirish, ish yuritishda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, dalillarni toʻplash va baholash sifatini oshirish, boʻyicha bilim koʻnikmalari yetkazildi.
Shuningdek, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, raqamli izlarni aniqlash, ularni toʻgʻri protsessual rasmiylashtirish, elektron maʼlumotlarni saqlab qolish va qonuniy tartibda mustahkamlash, tergov harakatlarini oʻtkazishda raqamli kriminalistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati



