“Departament boshligʻi kubogi” gʻoliblari aniqlandi
2026-05-14 20:10:00 / Yangiliklar
Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalari xodimlari oʻrtasida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha “Departament boshligʻi kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Sakkiz vazn toifasida kechgan murosasiz bahslar yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida quyidagi jamoalar zafar quchdi:
1-oʻrin: 4-mintaqaviy hudud jamoasi;
2-oʻrin: Markaziy tergov hibsxonasi jamoasi;
3-oʻrin: 3-mintaqaviy hudud terma jamoasi.
Gʻolib va sovrindorlar Departament boshligʻining kubogi hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, ushbu jamoalar Andijon viloyatida oʻtkaziladigan “Vazir kubogi” musobaqasida ishtirok etish yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.
