Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat xavfsizligi va profilaktika tizimi faoliyatini oʻrganildi
2026-05-14 18:55:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Vazirlikning birinchi mintaqaviy hududiy muvofiqlashtirish markazida boʻlib, markaz faoliyati hamda xodimlar uchun yaratilgan xizmat sharoitlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida markaz tomonidan jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, tezkor vaziyatni nazorat qilish va hududlarda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Qoʻngʻirot tumanidagi 7-son hudud tartibot maskanida ham boʻlib, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyatini oʻrgandi. Maskanda aholi bilan ishlash tizimi, murojaatlarni qabul qilish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda jamoat tartibini saqlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Tashrif chogʻida xodimlarning xizmat intizomi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi va profilaktika ishlarini manzilli tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shu bilan birga, sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida jamoat xavfsizligini taʼminlash, aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha ish samaradorligini oshirish yuzasidan masʼul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamenti Axborot guruhi



