Oʻzbekiston va Rossiya ichki ishlar organlari jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytiradi
2026-05-13 18:00:00 / Yangiliklar

MDH ishtirokchi-davlatlar ichki ishlar vazirliklarining jinoyatchilikka qarshi kurashish tuzilmalari rahbarlarining yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari general-mayor Botir Qudratxoʻjayev hamda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari politsiya general-polkovnigi Andrey Xrapov oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, noqonuniy migratsiyani oldini olish, axborot almashinuvini takomillashtirish, narkotiklarni noqonuniy aylanmasiga va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish kabi dolzarb yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Ikki davlat oʻrtasidagi mavjud hamkorlik mexanizmini yanada samarali qilish, tajriba almashish va qoʻshma tadbirlar oʻtkazish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Tadbir yakunida tomonlar hamkorlikning yangi bosqichlarini hamda kelgusida istiqbolli vazifalarni belgilab oldilar.



