Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyatida amaliy oʻrganish ishlarini olib bormoqda
2026-05-13 12:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, bozorlar, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida shuningdek aholi koʻp toʻplanadigan joylarda zamonaviy va raqamli xavfsizlik tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Qoʻriqlash departamenti rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Qoʻqon shahrida amaliy ishlarni olib bormoqda.
Jumladan Qoʻriqlash departamenti boshligʻi Q.A.Shodibekov tomonidan tomonidan Qoʻqon shahardagi bozorlar, mahallalar va taʼlim muassasalarida oʻrganish ishlari olib borilib, mavjud xavfsizlik holati, qoʻriqlash tizimi samaradorligi hamda joylardagi muammolar atroflicha tahlil qilindi. Hududlarga SOS-tashvish tugmalari oʻrnatish ishlari boshlandi.
Tadbirlar davomida aholi, tadbirkorlar va yoshlar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazilib, ularga mulklarni ishonchli qoʻriqqa topshirishning afzalliklari, zamonaviy qoʻriqlash xizmatlari imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida taʼkidlandi.
Oʻrganish jarayonlarida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berildi. Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur chora-tadbirlar orqali joylarda xavfsizlikni yanada mustahkamlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda aholi bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirishga erishilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti






