Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan “Qoradori-2026” kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda
2026-05-13 09:00:00 / Yangiliklar

Respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Qora dori-2026” keng koʻlamli nazorat tadbirlari doirasida Piskent tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan “Birlik” MFY hududida joylashgan xonadon oʻrganilgan.
Natijada ushbu uy egasi xonadon hovlisidagi uzum tomorqasi tagida 57 tup tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan oʻsimliklarni parvarishlab, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi va xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʻra olingan 57 tup oʻsimlik tanasi, barglari, ildizlari, boshoqlaridan tashkil topgan, opiyli koʻknori ekanligi, oʻsimlik boshoqlarida opiy guruhiga kiruvchi faol giyohvand modda “morfin” aniqlanganligi koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati



