“CAVA U18 Volleyball Championship” musobaqasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
2026-05-13 09:00:00 / Yangiliklar

Bugun Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “CAVA U18 Volleyball Championship” xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
12–17-may kunlari davom etadigan musobaqada qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston terma jamoalari, oʻgʻil bolalar oʻrtasida esa Oʻzbekistonning 2 ta jamoasi, Qozogʻiston va Qirgʻiziston terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Rustam Mirzayev, Sport vaziri oʻrinbosari Avazjon Karimov, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi oʻrinbosari Jamshid Fayziyev, federatsiya bosh kotibi Farhod Alimov hamda Qozogʻiston voleybol federatsiyasi raisi oʻrinbosari Arman Kabesovlar ishtirok etdi.
Musobaqaning ilk kunidanoq maydonda yuqori sport ruhi va murosasiz bahslar hukm surmoqda.
Bellashuvlar 17-mayga qadar Olimpiya shaharchasida davom etadi.



