Qashqadaryo viloyati IIBda “Raqamli zamonda kiberxavfsizlikni taʼminlash: zamonaviy kibertahdidlar va ularga qarshi choralar” mavzusida amaliy uchrashuv tashkil etildi
2026-05-12 19:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat IIB boshligʻi Abduvohid Ismoilov ham ishtirok etib, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik, fishing, zararli dasturlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilayotgan tahdidlarning oshib borayotgani ilova qilinib, unga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarni ogohlikka chaqirish boʻyicha ishtirokchi jurnalist va blogerlarga mutaxassislardan tomonidan maʼlumotlar ulashildi.
Muloqot davomida sohadagi mavjud muammolar yuzasidan ishtirokchilarning ham taklif va tashabbuslari tinglandi. Yakunda kibertahdidlarning oldini olishda hamkorlikni yanada kuchaytirish, profilaktik chora-tadbirlarni tizimli davom ettirish va u orqali aholining savodxonligini oshirish boʻyicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati



