Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari general-mayor Rustam Djurayev Namangan viloyatida Ichki ishlar boʻlinmalari faoliyati bilan tanishdi
2026-05-12 17:00:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasida u «Namangan muntazam YPX maskani»da boʻlib, u yerdagi xizmat faoliyati natijalari bilan tanishdi. Xususan, joriy yil 4 oyi davomida maskanda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq 40 dan ortiq holat aniqlangani maʼlum qilindi.
Shuningdek, maskanning xizmat olib borish sharoitlari va moddiy-texnika bazasi oʻrganildi. Postni qoʻshimcha Face-ID funksiyasiga ega videokuzatuv kameralari bilan jihozlash, shuningdek, yoʻl-patrul, patrul-post, karantin hamda kinologiya xizmati xodimlarining hamkorlikdagi xizmati boʻyicha topshiriqlar berildi. Oʻsha kunni oʻzidayoq Departament rahbari Pop tumani ichki ishlar boʻlimining Navbatchilik qismi va Vaziyatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, «Chilonzor tajribasi» tamoyili asosida viloyatning Pop Chust , Toʻraqoʻrgʻon, Kosonsoy tumanlaridagi bir qator mahallalarda xizmat samaradorligini oshirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Ayniqsa, profilaktika inspektorlari faoliyati «qizil» va «sariq» toifaga kiruvchi hududlarda, shuningdek, chegaraoldi hududlarida ishlarni tashkil etish masalalariga alohida urgʻu berildi. Tashrif yakunida masʼul rahbar va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati



