Namanganda 1 kilogrammdan ortiq “Opiy” giyohvandlik moddasi savdosining oldi olindi
2026-05-12 00:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 8-may kuni Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar va Bojxona boshqarmalari tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilayotgan “Qora dori-2026” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirining 1-bosqichi davomida bir qator tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazildi.
Jumladan, Chust tumani “Zarafshon” mahallasi hududida oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida olingan tezkor maʼlumotga asosan ushbu hududda harakatlanib ketayotgan “Spаrk” avtomashinasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, salon qismidan ogʻirligi 1.2 kilogramm boʻlgan “Opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan hamda ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchilar JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
