IIV rahbariyati tomonidan Xorazm viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi shaxsiy tarkibining xizmat faoliyati va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi
2026-05-11 22:05:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldoshevich tomonidan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi shaxsiy tarkibining xizmat faoliyati hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi.
Tashrif davomida otryad xodimlarining xizmatni tashkil etish holati, jangovar shayligi, intizomi va zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligi koʻzdan kechirildi. Shuningdek, shaxsiy tarkib uchun yaratilgan maishiy va xizmat sharoitlari, texnik jihozlanish darajasi hamda moddiy-texnik taʼminot masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻrganishlar jarayonida xodimlar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Xizmat samaradorligini yanada oshirish, shaxsiy tarkibning jangovar va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, shuningdek, xizmat oʻtash uchun munosib shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Taʼkidlanganidek, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda safarbar otryad xodimlarining masʼuliyati va fidoyiligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur imkoniyatlarni kengaytirish doimiy eʼtibor markazida boʻlib qoladi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamenti Axborot guruhi



