IIV rahbariyati tomonidan Urganch tumanidagi “Yoshlik” va “Rovot” mahallalari “yettiligi“ hamda xodimlarining kundalik ish faoliyatlari oʻrganildi
2026-05-11 11:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Baxodir Yuldoshevich Mirzaraximov tomonidan Urganch tumanidagi “Yoshlik” va “Rovot” mahallalarida faoliyat yuritayotgan mahalla “yettiligi” aʼzolari hamda sohaviy xizmat xodimlarining kundalik ish faoliyati oʻrganildi.
Tashrif davomida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish hamda murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻini, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari va boshqa mutasaddi tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik darajasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻrganish jarayonida har bir xonadon kesimida olib borilayotgan ishlar, muammoli oilalar bilan ishlash, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Shu bilan birga, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, profilaktik tadbirlarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani taʼkidlandi.
Tadbir yakunida mutasaddi xodimlarga xizmat samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda har bir murojaatga masʼuliyat bilan yondashish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamenti Axborot guruhi





