Eʼtibor. Shifokorlar faxriylar huzurida
2026-05-09 08:10:00 / Yangiliklar

IIV Tibbiyot boshqarmasi Markaziy poliklinikasi shifokor mutaxassislari ichki ishlar organlari faxriylari va xodimlari holidan muntazam xabar olish uchun tez-tez ularning xonadonlariga, davolanish maskanlariga tashrif buyuradilar.
Xuddi shunday tadbir Xotira va qadrlash kuni arafasida ham oʻtkazildi. Unda Markaziy poliklinika shifokorlari urush va mehnat fronti qatnashchilari huzurida boʻldilar. Ularning sogʻligʻi koʻzdan kechirilib, zarur tibbiy maslahatlar berildi hamda dori-darmon vositalari bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatildi.
