Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2026-05-07 10:00:00 / Yangiliklar

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda ularning muammolariga yechim topish maqsadida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Diyorbek Sattarov tomonidan navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari, ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash hamda xodimlarning ijtimoiy himoyasiga doir masalalar koʻrib chiqildi.
Muloqot davomida jami 70 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 60 tasi bevosita qabul jarayonida, 10 tasi esa videokonferensiya aloqa orqali hududlardan qabul qilindi.
Murojaatlarning 30 tasi IIO xizmatiga tiklash, 17 tasi xodimlarni boshqa xizmat joyiga oʻtkazish (rotatsiya), 5 tasi esa ishga qabul qilish masalalariga oid boʻldi.
Bundan tashqari, moddiy yordam olish, uy-joy bilan taʼminlash, xizmat sharoitlarini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan ham murojaatlar koʻrib chiqildi.
Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.



