Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan Yangi Namangan tumanida oʻrganish ishlari olib borildi
2026-05-07 09:00:00 / Yangiliklar

Viloyat hududi boʻylab viloyat IIB ishchi guruhi tomonidan kompleks oʻrganish ishlari amalga oshirilib, unda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi, shuningdek, Chilonzor tumani tajribasi asosida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi chuqur tahlil qilinmoqda.
Oʻrganishlar yakunlariga koʻra, kelgusidagi ustuvor vazifalar va muhim yoʻnalishlar belgilab olinmoqda.
Xususan, ishchi guruh Yangi Namangan tumanida boʻlib, tuman IIB rahbariyatining kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan taqdimoti bilan tanishdi hamda hisobotlari tinglandi.
Shu bilan birga, masʼul rahbar va xodimlarga kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, tumandagi “Yoshlik” va “Bunyodkor” mahallalarida xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlarining ish faoliyati oʻrganilib, mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, aholi muammolariga samarali yechim topish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yakuniy natijalar asosida profilaktika inspektorlari, tuman rahbariyati hamda biriktirilgan masʼul xodimlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









