Toshkent viloyati IIBBda xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish chora-tadbirlari muhokama qilindi
2026-05-06 16:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida tizimli ravishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda profilaktik targʻibot ishlari natijasida viloyat hududida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar sonining sezilarli darajada kamayishiga erishildi.
Jumladan, IIV rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan taqdimot yigʻilishida Toshkent viloyati IIBB, hamda viloyatning shahar va tuman ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari va inspektor-psixologlari ishtirok etib, ular tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kelgusidagi taklif hamda rejalari tinglandi.
Yigʻilish Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik N.Giyasova hamda viloyat IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik M.Abdullayevalar boshchiligida tashkil qilindi.
Tadbir davomida kelgusida jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida mahallalardagi nizoli, notinch hamda janjalli oilalar bilan individual tartibda ishlash, ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, bu boradagi boshqa muhim yoʻnalishlar yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati



