Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari ijrosi, “Chilonzor tajribasi” doirasida Surxondaryo viloyati Uzun hamda Sariosiyo tumanlarida oʻrganishlar olib borildi
2026-05-06 11:00:00 / Yangiliklar

Uzun va Sariosiyo tumanlari mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish Prezidentimizning PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari ijrosi, “Chilonzor tajribasi” borasidagi ishlar atroflicha oʻrganilib, Davlat xavfsizlik xizmati boshligʻi Aliyor Eshmatov, viloyat prokurori Baxtiyar Babadjanov hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Timur Ismailovlar rahbarligida viloyat va tuman masʼullari ishtirokida muhokama qilindi.
Xususan, Prezidentimizning PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi, “Chilonzor tajribasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, ijtimoiy holati ogʻir hududlarni “jinoyatchilikdan xoli hudud”ga aylantirish, “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan ishlash, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatlarning barvaqt oldini olish, oilaviy muhitni sogʻlomlashtirish, aholi bandligini taʼminlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga koʻp qavatli turar-joy binolari va boshqa hududlarni kameralashtirish, qoʻriqqa olish, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, surunkali ichkilikbozlikka, giyohvandlik va zaharvandlikka moyil shaxslarni davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha bajarilgan ishlar ham muhokama qilindi.
Yigʻilishda kriminogen vaziyati murakkab boʻlgan mahallalarda faoliyat olib borayotgan “yettilik”ning amalga oshirayotgan ishlari va yoʻl qoʻygan kamchiliklari tanqidiy koʻrib chiqilib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Bu kabi tizimli va manzilli ishlar hududlarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, aholi farovonligini oshirish hamda mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati



