Buxoro viloyati IIBning yangi maʼmuriy binosi qurilishi koʻzdan kechirildi
2026-05-05 09:20:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati hokimi boshchiligidagi viloyat IIB boshligʻi hamda soha masʼullari yangi maʼmuriy markaz hududida barpo etilayotgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining yangi maʼmuriy binosi qurilish jarayonlari bilan tanishdilar.
Qurilish maydonida muhandis-quruvchilar va masʼullar bilan muloqot oʻtkazilib, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Rahbarlar loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami, shuningdek, qurilish tashkiloti oldida turgan ehtiyojlar va taʼminotdagi masalalar bilan yaqindan qiziqdilar.
Oʻrganishlar davomida qurilishni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, shuningdek, hududdan oʻtuvchi yoʻl infratuzilmasini yaxshilash va atrofni koʻkalamzorlashtirish ishlariga alohida yondashish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati







