IIV Malaka oshirish institutida Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (UNODC) hamkorligida kiberjinoyatlar profilaktikasiga bagʻishlangan seminar boshlandi
2026-05-04 15:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida vazirlik hamda BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (UNODC) hamkorligida “Kiberjinoyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish boʻyicha instruktorlar tayyorlashga qaratilgan malaka oshirish dasturi” doirasida seminar oʻz ishini boshladi.
Seminarda vazirlik, Toshkent shahar IIBB xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, IIV Akademiyasi va institut oʻqituvchilari qatnashmoqdalar.
Mazkur oʻquv dasturi kiberjinoyatlar profilaktikasini takomillashtirish, sohada zamonaviy yondashuvlar va ilgʻor xalqaro tajribalarni joriy etish, shuningdek, yuqori malakali instruktorlar tayyorlashga qaratilgan.
Seminar davomida ishtirokchilarga kiberxavfsizlikni taʼminlash, kiberjinoyatlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha nazariy bilimlar hamda amaliy koʻnikmalar berilishi rejalashtirilgan.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti



