Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining 2026-yilning 1-choragi yakunlari boʻyicha sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2026-04-30 19:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov hamda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Toxir Aripov huzurida viloyat Ichki ishlar boshqarmasining 2026-yil 3 oy davomidagi xizmat faoliyati yakunlari boʻyicha sarhisob yigʻilishi oʻtkazildi.
Dastlab, viloyat IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari soʻzga chiqib, viloyatdagi kriminogen vaziyat haqida axborot berdi.
Shundan soʻng, viloyat hududida sohaviy xizmatlar va ichki ishlar boʻlimlari tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar faoliyatlari tanqidiy-tahlil etildi.
2026-yil uch oy davomida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar uchun xavfsiz muhitni yaratish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qarorining mazmun-mohiyati, ijrosini taʼminlashda yettilik va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikni mustahkamlash lozimligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti



