Andijonda raqamlashtirish va sunʼiy intellekt asosida nazorat tizimlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-04-29 18:40:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati prokurori M.Abduxakimov hamda viloyat IIB boshligʻi polkovnik S.Djabarovlar boshchiligida Andijon shahrida sohalarni raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda, viloyat prokurorining sohaviy oʻrinbosarlari, mahkamaning tarmoq rahbarlari, MIB, Departament, Soliq, IIB boshqarmalari boshliqlari, shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va masʼul xodimlari hamda tegishli tashkilot va muassasa rahbarlari qatnashdi.
Xususan, yigʻilishda asosiy eʼtibor Andijon shahrini barcha sohalarda raqamlashtirish va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi nazorat mexanizmlarini joriy etishga qaratildi.
Shuningdek, masʼullarga jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olish boʻyicha sohalar kesimida amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Yakunda tarmoq rahbarlari va masʼullarning tushuntirishlari eshitildi va amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









